To‘rt konusi tufayli sirt bo‘ylab oson siljiydigan inqilobiy qo‘sh konusli cho‘tka hatto yetib borish qiyin burchaklarni ham puxta tozalaydi.

Fluffycones™ nomli to‘rt konus shaklidagi tozalash boshligi uzun sochlarni ham samarali olib tashlaydi va ularning cho‘tkaga o‘ralib qolishining oldini oladi. Nozula sirt bo‘ylab oson siljiydi, old va orqa cho‘tkalar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadi va hatto yetib borish qiyin burchaklarni ham puxta tozalaydi.
Yangi Dyson Hyperdymium™ motori – minutiga 140 000 aylanaga yetadigan va diametri atigi 28 mm bo‘lgan Dyson’ning eng tez vakuum motori. U Dyson PencilVac™ changyutgichiga kuchli so‘rish quvvatini ta’minlab, eng mayda axlatlarni ham samarali yig‘ishga imkon beradi. Buni ikki tomondan changni yoritadigan lazer nuri isbotlaydi — ko‘rinmaydigan narsani ko‘rinadigan qiladi.
Yangi 22 millimetrli chiziqli chang ajratish tizimi 0,3 mikrongacha bo‘lgan zarralarning 99,99%⁴ ni ushlab qoladi. Bu sirt yuzasida chang izi qolmasligi uchun sifatli tozalashni ta’minlaydi.
Yangi qurilma havodan foydalanib, changni zichlashtirish texnologiyasini qo‘llaydi — bu konteyner sig‘imini maksimal darajada oshiradi.
Shuningdek, axlatni konteynerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘l tegizmasdan tushirish tizimi tozalashni gigienik tarzda saqlash va oson parvarish qilish imkonini beradi.
Bu — batareya haqida qo‘shimcha ma’lumot va filtrni parvarish qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni taqdim etadigan MyDyson™ ilovasiga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan birinchi simsiz changyutgich.
Chikago, Illinois | 2025 yil 21 may
Bugungi kunda Dyson kompaniyasi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, diametri atigi 38 mm bo‘lgan yengil va simsiz Dyson PencilVac™ changyutgichini taqdim etadi.
Bu — uzun sochlarni ajratib tozalash uchun maxsus yaratilgan to‘rt konus shaklidagi elementlari bo‘lgan yagona changyutgich.
Yangi Fluffycones™ tozalash boshligi tozalash paytida sochlarni o‘z-o‘zidan tortib chiqaradi — endi aralashgan sochlarni qo‘l bilan kesish yoki tortib olish shart emas.
Dyson PencilVac™ changyutgichi bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan ikki cho‘tka bilan o‘rnatilgan to‘rt konus shaklidagi nozula bilan jihozlangan. Bunday tuzilma nozulaning oldinga va orqaga oson harakatlanishini ta’minlaydi, old va orqa lazer nurlar esa changni aniq ko‘rsatib, ko‘zga ko‘rinmaydigan narsani ham sezdiradi.
Cho‘tkaning chetidan chiqib turgan konuslar hatto plintusgacha bo‘lgan hududni samarali tozalash imkonini beradi.
Og‘irligi atigi 1,8 kg va qalinligi 38 mm bo‘lgan ikki cho‘tka bilan jihozlangan Dyson PencilVac™ — Dyson tomonidan ishlab chiqarilgan eng manevrli changyutgich. U faqat oldinga va orqaga emas, balki barcha yo‘nalishlarda erkin harakatlana oladi va uyning eng yetib bo‘lmas burchaklarini ham puxta tozalaydi.
“Men diametri atigi 38 mm bo‘lgan changyutgich yaratishni oldindan orzu qilgan edim — bu mening oxirgi Supersonic r™ fenimning diametri bilan bir xil. Ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun biz diametri atigi 28 mm bo‘lgan eng kichik va kuchli Hyperdymium motorini ishlab chiqdik. Keyin esa changni filtrlash va zichlashtirishning yangi tizimini o‘ylab topdik.
Biz tozalash boshliklarining tuzilmasini qayta ko‘rib chiqdik va bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan to‘rt konusli cho‘tkani joriy qildik. Shu tufayli nozula pol bo‘ylab erkin “suzib” yuradi va har qanday yo‘nalishda samarali tozalash imkonini beradi.”
— James Dyson, Dyson kompaniyasining asoschisi
Yangi Fluffycones™ nozulasi
Uzoq sochlarni ajratib, yetib bo‘lmas burchaklarni samarali tozalaydi.
Yangi Dyson Fluffycones™ nozulasi sochlarning o‘ralib, aralashib qolishini oldini oladigan to‘rt konus shaklidagi cho‘tka bilan jihozlangan. Burchak bilan joylashtirilgan neylon tikanlar sochlarni ilgariroqdan ham samaraliroq yig‘ib, polni mayda changdan puxta tozalaydi.
Old konuslar bir yo‘nalishda, orqa konuslar esa qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadi. Bunday tuzilma axlatni har qanday yo‘nalishda — oldinga, orqaga va yonlarga harakatlanayotganda — osongina yig‘ishga imkon beradi.
Nozulaning old va orqa qismlariga o‘rnatilgan yashil lazer changni yoritib, ko‘zga ko‘rinmaydigan narsani ko‘rinadigan qiladi.
Yon tomonlarga chiqib turgan cho‘tka elementlari tufayli to‘rt yumshoq konus devor bo‘yidagi va burchaklardagi axlatni osongina yig‘ib olib, butun xona hududini mukammal tozalashni ta’minlaydi.
.jpeg.webp)
Eng ingichka simsiz changyutgich
Minutiga 140 000 aylanaga yetadigan yangi Dyson Hyperdymium™ motori bilan jihozlangan.
Dyson PencilVac™ — diametri atigi 38 mm bo‘lgan eng ingichka changyutgich¹.
Kichik o‘lchamlari tufayli u tor tirqishlar va past mebel ostiga oson yetib boradi va hatto eng qiyin yetib bo‘ladigan joylarni ham samarali tozalaydi.
Qurilmaning har bir komponenti mikron darajasida aniqlik bilan loyihalangan — bu juda ixcham o‘lcham bilan birga yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Masalan, diametri atigi 28 mm² bo‘lgan motorni 38 millimetrli changyutgich tutqichiga joylashtirish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Yangi motor minutiga 140 000 aylanaga yetadi — bu oldingi modelga³ nisbatan 34% tezroq. U 55 AW quvvatda kuchli so‘rish imkonini beradi.
.jpeg.webp)
Dyson kompaniyasining yangi ikki bosqichli chiziqli chang ajratish tizimi
Dyson PencilVac™ — Dyson kompaniyasining yangi filtr tizimi qo‘llanilgan birinchi changyutgichi.
Ushbu tizim havo oqimidan chang va axlatni samarali ajratib chiqaradi, filtrlarning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydi va qurilmaning samaradorligini pasaytirmaydi.
Ikki bosqichli chiziqli tizim 0,3 mikrongacha bo‘lgan zarralarning 99,99%⁴ ini ushlab qoladi, bu esa tozalash paytida havoni filtrlaydi va so‘rish quvvatining kamayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu tufayli qurilma barqaror va yuqori samaradorlik bilan ishlaydi.
Shuningdek, chang konteyner ichida zichlashadi, bu uning sig‘imini oshiradi va tez-tez tozalash zaruratini kamaytiradi.

Bluetooth orqali ulanadigan birinchi simsiz Dyson changyutgichi
MyDyson™ ilovasi orqali batareya holati va parvarish bo‘yicha tavsiyalarni oling.
Dyson PencilVac™ — Bluetooth ulanishini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi simsiz Dyson changyutgichi. Ushbu qurilma foydalanuvchilarga ilgari hech qachon bo‘lmagan qulaylik va boshqaruv imkoniyatini taqdim etadi.
MyDyson™ ilovasi orqali foydalanuvchilar kengaytirilgan sozlamalar va texnik xizmat bo‘yicha real vaqtdagi bildirishnomalarga ega bo‘lishlari mumkin — jumladan, filtrni qachon va qanday tozalash kerakligi haqidagi eslatmalar ham mavjud.
Ilova shuningdek qurilmaga parvarish qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar va barcha funksiyalardan maksimal darajada foydalanish bo‘yicha maslahatlar taqdim etadi.
Bundan tashqari, Dyson PencilVac™ qurilmasi o‘rnatilgan LCD-ekran bilan jihozlangan — u tozalash paytida tanlangan quvvat rejimi va qolgan ish vaqtini ko‘rsatadi.
.jpeg.webp)
“Eng kichik va eng tez changyutgich motorini yaratish — bu shunchaki miniaturizatsiya vazifasi emas. Bu — konstruktsiya, elektronika, dasturiy ta’minot va apparat komponentlarini aniq uyg‘unlashtirib, ularning bir butun, ishonchli va nosozliksiz ishlashini ta’minlashdir.
Biz muhandislik chegaralarini qayta ko‘rib chiqamiz va murosasiz yo‘lni tanlaymiz. Bizning yondashuvimiz — innovatsiyadan tortib loyihalash va ishlab chiqarishgacha — hech qanday murosaga kelmaydigan tamoyilga asoslangan.
Yangi motor, tozalash boshlig‘ining yangi paradigmasi, changni ajratish uchun yangi tizim — bularning barchasi Dyson PencilVac™ qurilmasini muhandislik yutuqlarimizning cho‘qqisiga aylantiradi.”
— John Churchill, Dyson kompaniyasining texnik direktori.
Manbalar:
[1] Simsiz changyutgichlarning asosiy korpusining kengligi bilan solishtirganda. Ushbu ma’lumotlar 2023 yil aprel va 2024 yil dekabr oylari orasidagi bozorni qamrab olgan mustaqil uchinchi tomon tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanadi.
[2] Solishtirish uchun: Qozog‘istonlik 200 tengelik tanganing diametri – 26 mm.
[3] Dyson V9 Hyperdymium motor bilan solishtirganda.
[4] Tezkor rejimda ASTM F1977 bo‘yicha SGS America tashqi korxonasida 2024 yilda o‘tkazilgan sinov.
[5] Haqiqiy ishlash vaqti quvvat rejimi, chang darajasi, pol turi va/yoki qo‘llanilayotgan nozulalarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
[6] Axlatni zichlashtirish Dyson kompaniyasida tezkor rejimda sinovdan o‘tkazilgan. Samaradorlik axlat turiga va qurilmani ishlatish xususiyatlariga qarab o‘zgarishi mumkin.
Ma’lumot manbasi:
https://www.dyson.com/discover/innovation/new-machines/pencilvac-launch